• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Roman-german filologiyasi fakultetida Muhammad Yusuf tavalludiga bagʻishlab tadbir tashkillashtirildi

Joriy yilning 26-aprel kuni Roman-german filologiyasi fakultetida Xotin-qizlar kengashi fakultet raisasi B. Berdiyeva, "Qizlarjon klubi" raisasi X. Aminova, tyutorlardan Z. Xojiyeva, N. Olimjonov,Sh.Tursunboyev,O.Xudoyshukurovlar boshchiligida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan "O'lsa o'zi o'lar, so'zi o'lmaydi" nomli shoiralar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida shoir hayoti va ijodiga bag'ishlangan video rolik qoʻyildi, sheʼrlari yoddan aytildi. Fakultet iqtidorli talabalari Hotamov Shahzod va Qobuljonov Abdurahimlar ijrosida Muhammad Yusuf ijodiga mansub sheʼrlardan qo'shiqlar ijro qilindi.

Mehmonlar shoir bilan birga o'qigan, bir davrada ijod qilishgan shoira va yozuvchilar bo'lganligi sababli bevosita ko'rgan bilganlari bilan o'rtoqlashdilar.

Tadbir soʻnggida faol talabalar "Bilim" axborot-resurs markazi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

27 Aprel 2022
Chop etish
-->