• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Tarjimashunoslikka bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi

 Joriy yilning 31-may kuni universitet faollar zalida "Tarjimashunoslik: muammolar yechimlar va istiqbollar" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Ushbu nufuzli anjuman tarjimonlik fakulteti, ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi hamda OʻzDJTU qoshidagi tarjimashunoslik sohasidagi ilmiy-tatqiqot instituti, nazariy va amaliy tilshunoslik ilmiy- tadqiqot instituti tomonidan tashkil etildi.

 Anjuman ochilish marosimida universitet rektori Ulugʻbek Azizov soʻzga chiqib "Anjumanning muhimligi shundaki, tarjima nazariyasi va amaliyoti sohasidagi muammolarni muhokama qilish uchun bugungi tadbir qulay platforma vazifasini oʻtaydi" deya takidlab oʻtdi.

 Shuningdek anjumanda tarjimonlik fakulteti dekani Rivojiddin Karimov bugungi glaballashuv jarayonida tarjimonlik sohasida mutasislar tayyorlashning dolzarbliligi, aynan shu yoʻnalishda amalga oshirish zarur boʻlgan vazifalar haqida gapirdi.

 Ilmiy konferensiyada Bangladesh Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Jahongir Alam, Hindiston elchixonasining Lal Bahodir Shastri nomidagi hind madaniyati markazi rahbari professor Chander Shekhar, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, akademik Tursunali Qoziyev, Oʻzbekistonning Bangladesh va Hindiston davlatidagi sobiq elchisi, yetuk tarjimon Surʼat Mirqosimovlarning ishtiroki anjuman nufuzini yanada oshirdi.

 Anjumanda soha mutaxassislari tomonidan oʻqilgan tarjimashunoslikning dolzarb masalalari haqida chuqur ilmiy-tahliliy maʼruzalar anjuman ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

04 Iyun 2022
Chop etish
-->