• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Bugun universitet axborot-resurs markaziga Koreya fondining Moskvadagi ofisi direktori Lim Cheol-Voo tashrif buyurdi.

Tashrif davomida kutubxonada 2018-yilda tashkil etilgan "Korea cornerʼʼ oʻquv zali bilan tanishdi hamda mazkur oʻquv zal talaba-yoshlar orasida koreys tilini oʻrganish maqsadida tashkil etilganligi, bu yerda talabalarning bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligini eʼtirof edi.

 Lim Cheol-Voo hamkorlikni yanada rivojlantirish, kutubxona uchun zarur boʻlgan jihozlar, oʻquv hamda badiiy adabiyotlar bilan taʼminlashda yordamini ayamasligini bildirdi.

 Tadbirda xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Abidjonov universitet va xalqaro hamkorlik boʻyicha maʼlumot berdi, taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarni, talabalarni malaka oshirish, oʻqishga yuborish masalalari va istiqboldagi rejalar muhokamasi koʻrib chiqildi.

 Tadbir soʻngida talabalarning badiiy chiqishlari namoyish etildi.

04 Iyun 2022
Chop etish
-->