• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Universitetda Arizona universiteti mutaxasislari mehmon boʻlishdi

Joriy yilning 3-iyun kuni AQSHning Arizona universitet 15 nafar professor-oʻqituvchilari universitetga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida AQShlik mehmonlarga universitet hayotini aks ettiruvchi video lavha namoyish etildi.

O‘zDJTU va Arizona universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “Xalqaro masofaviy loyiha” haqida va “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun oʻzbek tili A1” interaktiv darsligi haqida ma’lumotlar berildi. 

 Shuningdek, universitet magistranti Mavlonbek Safarov tomonidan yaratilgan 8 tilni o‘rgatuvchi robot taqdimoti barcha yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

 

04 Iyun 2022
Chop etish
-->