• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Media va kommunikatsiya fakultetida yangi "Media studiya" oʻz faoliyatini boshladi

Bugun AQSh elchixonasi bilan amalga oshirilgan 20 ming AQSH dollariga teng loyiha doirasida Media va kommunikatsiya fakultetida tashkil etilgan "Media studiya"ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

 Marosimga AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi taʼlim va madaniyat boʻyicha atteshi Sara Talalay va ELP (English Language Program) kordinatori Feruz Akobirov tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif davomida fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar namoyish etildi. Sara Talalayning shaxsan oʻzi ham jarayonda ishtirok etdi va bu ijodiy muhitdan mamnunligini bildirdi.

Bundan tashqari, mehmonlar AQSh elchixonasi tomonidan "ACCESS" dasturi doirasida tahsil oladigan tinglovchilar uchun 190 ta kitob hadya etishdi.

24 Iyun 2022
Chop etish
-->