2022-yil 30-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulugʻbek Azizov Turkiyaning Istanbul shahridagi Marmara universiteti rektori Mustafa Kurt bilan uchrashdi.
Uchrashuv mobaynida tomonlar ikki univarsitet oʻrtasida akademik hamkorlik qilish, talabalar va professor-oʻqituvchilar orasida akademik almashinuvni yoʻlga qoʻyish haqida kelajakda qoʻshma taʼlim dasturlarini ochish boʻyicha fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Turkiyaning Marmara universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.