• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

"TESOL INTERNATIONAL ACADEMY" markazi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandiga muvofiq Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlarning ro‘yxatini hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarning darajalari o‘rtasidagi muvofiqlikni tasdiqlashi belgilangan. 

Shunga asosan ishlab chiqilgan Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatining 9-bandiga ko‘ra, “Teaching English for Speakers of Other Languages” (TESOL) va Teaching English as a Foreign Languages (TEFL) xalqaro tan olingan sertifikat sifatida ko‘rsatilgan.

Bundan kelib chiqqan holda O’zbekiston davlat jahon tillari univetsitetida bir qancha ishlar olib borildi. Shulardan eng ahamiyatlisi “TESOL INTERNATIONAL ACADEMY” markazi tashkil etildi. 14 nafar pedagog-xodim 3 oylik kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab diplom va sertifikatlarga ega bo’ldi.

01 Iyul 2022
Chop etish
-->