• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kuzatuv kengashining navbatdagi yig’ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kuzatuv kengashining navbatdagi yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig’ilishni kuzatuv kengashi raisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b Sanjar Obidov olib bordi. 

Majlisda universitetga pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan ozod etish tartibini belgilash, O‘zDJTUning ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish, universitetning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish, universitetni milliy va xalqaro reytinglarining yuqori o‘rinlaridan joy olishi, universitetda 2022-yilning birinchi yarim yilligida ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quv-uslubiy faoliyatini takomillashtirish, yoshlar bilan ishlash faoliyati samaradorligini oshirish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, jamoatchilik bilan aloqalar (PR) va universitet veb-sayti faoliyatini takomillashtirish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kun tartibiga qo‘yilgan muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

22 Avgust 2022
Chop etish
-->