• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

"Taʼlim va Mutaxassislik" XXV - Xalqaro ko‘rgazmasining ilk kuni bo'lib o'tdi.

 Bugun "Yoshlar ijod saroyida" 27-28-oktyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan "Taʼlim va Mutaxassislik" XXV - Xalqaro ko‘rgazmasining ilk kuni bo'lib o'tdi.

Koʻrgazmada universitet vakillari ham oʻz koʻrgazmali stendlari bilan ishtirok etdi.

 Koʻrgazmani tashkil etishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar hududida faoliyat olib borayotgan oliy taʼlim muassasalaridagi zamonaviy metodlar asosida berilayotgan oliy taʼlim yutuqlari va amalga oshirilishi kutilayotgan rejalar toʻgʻrisida oʻzaro tajriba almashish, shuningdek, yoshlarga oʻzlarini qiziqtirgan mutaxassislik boʻyicha bilim olish uchun keng imkoniyat yaratishdan iboratdir.

 Maʼlumot oʻrnida, koʻrgazma Oʻzbekiston savdo sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda "EXPOCONTACT" koʻrgazma va tadbirlar tashkillashtirish korxonasi tashabbusida tashkil etilgan.

27 Oktyabr 2022
Chop etish
-->