Joriy yilning 10-noyabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida "Uchinchi Renessans: ta'lim, tarbiya va pedagogika (https://t.me/UchinchiRenessansRIAA)" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi. Anjuman gibrid shaklda amalga oshirildi va Respublika bo'ylab ishtirokchilar masofaviy rejimda ham butun jarayonni kuzatib borishdi. Anjumanda professor-o'qituvchilar, doktorant, tayanch doktorant, magistr va talabalar faol ishtirok etishdi.
Anjuman ikki qismdan iborat bo'ldi - anjuman yalpi majlisi va 5 yo'nalish bo'yicha sho'balar faoliyati kunning 2-qismida davom etdi. Anjumanga Respublika bo'ylab yuzdan ortiq ilmiy tezislar kelib tushdi va barcha tezislar saralangan holda yalpi majlis uchun ma'ruza-taqdimot bilan ishtirok etuvchilar ro'yxati tuzildi.
Yalpi majlisda taqdimot-ma'ruza bilan ishtirok etganlarga maxsus sertifikat, esdalik sovg'alari va anjuman materiallari topshirildi. Shuningdek, anjuman ishtirokchilari uchun Coffee Break tashkil etildi va anjuman taassurotlari bilan fikr almashildi. Kunning 2-qismida anjuman sho'balari faoliyati olib borildi va ishtirokchilar o'z taqdimotlari bilan faol qatnashishdi!
Anjuman yakunida barcha faol ishtirokchilar maxsus sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi! Anjuman materiallari to'plami “Filologiya masalalari” elektron ilmiy-metodik jurnalining yangi soniga ilova tarzida e’lon qilinadi.