"UCHINCHI RENESSANS: TA'LIM, TARBIYA VA PEDAGOGIKA" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI TEZISLARI TO'PLAMI E'LON QILINDI yuklash
Mazkur to‘plamda ilm-fan sohasida adolatli jamiyat konsepsiyasi, milliy ta’lim tizimida Barqaror rivojlanish maqsadlarining tatbiqi, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, madaniyatlararo muloqot uyg‘unligi, nazariy-amaliy tarjima muammolari hamda zamonaviy axborot muhitida mediata’lim masalalari doirasida olib borilayotgan tadqiqotlar ifodalangan.
Tezislar to‘plami keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Xususan, jamiyatimiz oldida turgan Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek muhim strategik vazifani amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi soha vakillari – professor-o‘qituvchi, doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchi, magistrant va talabalar mazkur to‘plamdan keng miqyosda foydalanishlari mumkin.