Davlat komissiyasining tegishli qaroriga asosan 2022/2023 o‘quv yili uchun xorijiy tillarni puxta egallagan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tegishli sertifikatga ega bo‘lib, qabul parametrlari doirasida tavsiya etilmagan abituriyentlarni oliy ta’lim muassasasalari tomonidan belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 baravaridan oshmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etishga ruxsat berildi.
Shu sababli, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistraturasiga tegishhli sertifikatga ega boʻlib, qabul parametrlari doirasida tavsiya etilmagan hamda magistraturada oʻqish istagini bildirgan abiturientlar joriy yilning 5 dekabriga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, G-9A mavzesi, 21-uy. O‘zDJTU rektorat binosi, devonxona bo‘limi, 22 xona.
Murojaat uchun telefon: +998712301283; +998951974144.