Bitiruvchilar bandligi ta’minlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, bugunning o‘zida har bir bitiruvchini aniq bir tashkilotga biriktirishni taʼminlash bilan birga, uning bo‘lajak ish joyi, ishlashi va ijtimoiy sharoitlarini aniq belgilash zarur.
Аyni paytda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022/2023- o‘quv yili bitiruvchilarini korxona, tashkilot va muassasalarga ishga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha jarayon qizg‘in tus olgan.
Yaʼni, bitiruvchilar bandligini kafolatli taʼminlashga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilari uchun 2023-yilning 28-fevral kuni soat 10:00 da “Bitiruvchilar yarmarkasi” tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Mazkur yarmarka bitiruvchilarning bandligini taʼminlashga, bo‘lajak yosh mutaxassislarni ish beruvchilar bilan tanishtirishga ko‘maklashadi. Barcha 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilari, OAV va ish beruvchilarlarni, “Bitiruvchilar yarmarkasi” tadbiriga taklif etamiz!