• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Bugun AQSh davlat kotibi Entoni Blinken boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi

Bugun AQSh davlat kotibi Entoni Blinken boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif buyurgan mehmonlarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov Hamidovich hamda universitet rahbariyati kutib oldi. 

Entoni Blinken АQSh davlat departamenti ko‘magida universitetda tashkil etilgan kam taʼminlangan oilalarning 14-17 yoshli farzandlariga ingliz tili va kompyuter bilimlarini o‘rgatish markazida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, dars jarayonida o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

Ma’lumot uchun, ushbu markaz OʼzDJTUda kam taʼminlangan oilalarning 14-17 yoshli farzandlariga ingliz tili va kompyuter koʼnikmalarini oʼrgatish maqsadida tashkil etilgan. Mazkur dastur АQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan va loyihaga 2022/2024 yillar uchun 55300 АQSh dollari ajratilgan.
Loyiha Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti bazasida amalga oshirilib, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ikki yillik ingliz tili va kompyuter bilimlarini chuqur o‘rgatishni nazarda tutadi.
O‘quvchilarning qabul jarayonini amalga oshirishda Toshkent shahri Uchtepa tuman hokimiyatining “Temir daftar” va “Аyollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari ro‘yxati asos qilib olingan. Markazdagi guruhlarda o‘quvchilar soni 16 nafardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi va hozirda 48 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

01 Mart 2023
Chop etish
-->