O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-oʻqituvchilar va xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan mini futbol musobaqasi o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi.
Maydonga tushgan jamoalar hujumga zo‘r berib, darvozalar oldida bir qator xavfli vaziyatlar sodir etdi. Goh darvozabonlarning mahorati darvoza daxlsizligini saqlagan bo‘lsa, gohida zarbalarga aniqlik yetishmadi. O‘tkazilgan bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, bellashuvlar yakuni bo‘yicha quyidagi natijalar qayd qilindi:
1-o'rin: Ingliz tili 2 fakultetiga;
2-o'rin: Tarjimonlik fakulteti;
3-o'rin: Ingliz tili 3 fakultetiga;
4-o'rin: Sharq filologiyasi fakultetiga;
Tadbirda rektor vazifasini bajaruvchi Bahrom Kulmatov o‘yin juda qiziqarli bo‘lib o‘tganini e`tirof etib, bu kabi sport musobaqalarning tashkil etilishi shubhasiz professor-oʻqituvchilar va xodimlarni madaniy va ma’naviy xordiq chiqarishlari hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mehnat samaradorligini oshirishlarida xizmat qilishini aytib o‘tdi.
Shuningdek, g`oliblarga esdalik sovg‘alari ham topshirildi.