Aleksandr Faynberg ijodini o'rganish va talaba yoshlar orasida adibning oʻzidan qoldirgan koʻlamli asarlarini keng targʻib qilish maqsadida Adiblar hiyobonida " Faynbergchilar jamiyati" loyihasi asoschisi Abbosbek Odinayev va jamiyatning faol aʼzolari bilan birgalikda "Faynberg sheʼriyati" nomli tadbir va she'rxonlik kechasi boʻlib oʻtdi.
Tadbir talabalar uchun, avvalo shoir ijodiga boʻlgan qiziqishni orttirishga...
Turli fakultet talabalarini o'zaro hamkorlikda ishlashga...
Iqtidorli talabalarni kashf qilishga xizmat qildi.
Tadbir yuqori tempda va keng ko'lamda tashkil qilindi.
Barcha ishtirokchilar Tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Tadbirda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga o'z minnatdorligimizni bildiramiz.