• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Barcha bitiruvchi kurs talabalari diqqatiga

Joriy yilning 17-may kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali tomonidan “Хalqchil davlat xizmatiga ochiq yo‘l” mavzusida seminar telegram platformasi (@uzswlu) orqali onlayn translyatsiya shaklida o‘tkaziladi. 

 

 Seminarning maqsadi Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs talabalariga davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida tushunchalar berish, ularda davlat xizmatiga qiziqishini oshirish va ishga jalb qilish, davlat boshqaruvi tizimida o‘tkazilayotgan ma’muriy islohotlar haqida xabardor qilish, davlat tashkilotlariga ishga kirishda vaсansy.argos.uz platformasi orqali ochiq tanlovlar o‘tkazish tizimi, onlayn malaka oshirish tizimidan foydalanish tartibi hamda davlat xizmati sohasidagi xorijiy tajribalar bilan tanishtirishdan iborat.

  

Barcha bitiruvchi kurs talabalari hamda universitet Taqsimot komissiyasi a’zolarini ushbu onlayn seminarda ishtirok etishingizni so‘raymiz.

 Universitet rahbariyati

16 May 2023
Chop etish
-->