O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Zamonaviy elektron ommaviy axborot vositalarining taraqqiyot tendensiyalari” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondidan vakillar, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etishdi.
Konferensiyada qiziqarli ma’ruzalar, bahsli fikr-mulohazalar bo‘ldi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Saydi Umirov, faxriy telejurnalist Marat Asadullayev, “Amerika ovozi” teleradiosi jurnalisti Navbahor Imomova, akademik Tursunali Qo‘ziyev, dotsent Iroda Ismoilova, magistr Nilufar Ahmedova, bo‘lajak jurnalist Ayjamol Joldasbayeva, filologiya fanlari doktori Yoqutxon Mamatova, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari Xolmurod Salimov konferensiyada faol ishtirok etdilar. Konferensiyada zamonaviy elektron ommaviy axborot vositalarining muhim muammolari o‘rtaga tashlandi, bahslashildi, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
O'zDJTU Matbuot xizmati