• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

SOBIQ NAFAQADAGI ARM ISHCHI XODIMLARI YO'QLANDI

Joriy yilning 7 may kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot-resurs markazi rahbari mamlakatimizda keng nishonlanayotgan  umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni munosobati bilan nafaqadagi sobiq ishchi xodimlari Ibragimova Gulbahrom, Muhammadjonova Muxtabar, Majidova Oftobxon, Gordeyeva Sofiyalarning uylariga tashrif buyurildi.

Qayumova Saida, Sayidumarova Ra`no, Bakirova Ozoda, Umarova Nargiza hamda Ibragimova Nigoralar faxriylarimizni ushbu ulug' bayram bilan tabrikladilar va qalblarida tinchlik va xotirjamlik hukm surishini, barcha yaqinlarining sog'-salomat va baxtli bo'lishlarini chin dildan tiladilar. Faxriyalarimiz bilan samimiy suxbat davomida dunyodan o`tgan kasbdoshlar ham xotirlandi va yaqin kunlarda albatta O`zDJTU kutubxonasida ishlab ketgan barcha nafaqadagi hamkasblarni taklif qilib bayram tashkil qilish ko`zda tutilgan.

 

 

 O'zDJTU Matbuot xizmati

08 May 2019
Chop etish
-->