• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

DARS MASHG'ULOTLARI MAVZULAR BO'YICHA TEGISHLI JOYLARDA SAYYOR O'TKAZILMOQDA

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 martda o‘tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayoni 10-bandida belgilangan topshiriqlar Oliy ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlarini mavzular bo‘yicha tegishli joylarda sayyor o‘tkazilishini ta’minlash to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 13 apreldagi 340 – sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida chiqarilgan 2019 yil 19 apreldagi 215-sonli universitet ichki buyrug‘i asosida O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha dars mashg‘ulotlarining kamida 30 foizi Toshkent shahridagi muzeylar, tarixiy obidalar, teatrlar, ziyoratgohlar va qadamjolar, jumladan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazildi. Xususan, 2019 yil 26-27 aprel kunlari O‘zbekiston tarixi kafedrasining professori D.Bobojonova, dotsent N.Babadjanova, katta o‘qituvchi M.Bazarova rus filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurib, “O‘zbekistonda sovet davlatining amalga oshirgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy siyosati va uning oqibatlari (1946-1991 yy.)” mavzusida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etishdi.

 

 

29 aprel kunlari O‘zbekiston tarixi kafedrasining katta o‘qituvchilari N.Toliboyeva va M.Bazarovalar rus filologiyasi va tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 1-bosqich talabalari bilan birgalikda Hazrati Imom majmuasi, Baroqxon va Ko‘kaldosh madrasasiga tashrif buyurib, “Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyot” mavzusida dars mashg‘ulotlarini olib borishdi. 
Kafedra o‘qituvchisi N.Ubaydullayeva 30 aprel kuni ingliz tili 3-fakulteti 4-bosqich talabalari bilan Xotira maydoniga tashrif buyurishdi. 

 

7 may kuni kafedra katta o‘qituvchisi N.Toliboyeva ingliz tili 3-fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi va “O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish” mavzusida dars mashg‘ulotlarini tashkil etishdi.

 

 

10 may kuni kafedra katta o‘qituvchisi N.Toliboyeva tomonidan roman-german filologiyasi fakulteti talabalari bilan birgalikda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, mustaqillik yillarida diniy qadriyatlarning qayta tiklanishi mavzusida dars mashg‘ulotlarini tashkil etdi.

 

O'zDJTU Matbuot xizmati

17 May 2019
Chop etish
-->