• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

O`zDJTUDA PROFESSIONAL GIDLARNI TAYYORLAYDIGAN YANGI YO`NALISH OCHILDI

O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi bakalavriat ta'lim yo`nalishi – GID HAMROHLIGI VA TARJIMONLIK FAOLIYATI joriy yildan ilk martoba abituriyentlarni qabul qiladi.

Mazkur yo`nalish 2017-yil 16-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etildi. Bugungi kunda milliy turistik mahsulotni jahon bozorida faol va har tomonlama targ`ib qilish uchun bu soha mutaxassislariga bo`lgan ehtiyoj katta. Shu sababli mazkur keng qamrovli yo`nalish O`zDJTU tarkibida yo`lga qo`yildi.

Unda gid-sayohatchi, gid-tarjimon kabi bir nechta soha mutaxassislari tayyorlanadi. Ta’lim jarayoni bevosita sohaning yetuk mutaxassislari, xorijlik professionallar ishtirokida olib boriladi. Bu yo`nalishga joriy o`quv yilida 25 nafar talaba qabul qilinishi mo`ljallangan.

O`zDJTU Matbuot xizmati

22 Iyun 2019
Chop etish
-->