• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

TALABALAR IJODIDAN: YOSHLARGA E’TIBOR – KELAJAKKA E’TIBOR

Yoshlar hayotimizning turli jabhalarida, xalq xo`jaligining barcha soha va tarmoqlarida o`zlarining jo`shqin faoliyati, yaratuvchanlik ishlaridagi ibrati bilan mamlakatimizni yanada gullab-yashnashiga munosib hissa qo`shmoqdalar.

2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan ulkan o`zgarishlarda ham yoshlarning g`ayrat, shijoati, fidoyiligi diqqatga sazovor bo`lmoqda.

Hamon yodimizda – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 19-sentabr kuni Nyu-York shahrida Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so`zlagan olamshumul nutqida yoshlar qudratli kuch ekanligini faxr va g`urur bilan alohida ta’kidlab o`tgan edilar. Barcha qatori vohamiz yoshlari ham ushbu xalqaro anjumanda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilgan katta e’tibor, yuksak ishonchdan benihoya mamnun bo`lib puxta bilim olmoqdalar, jamoat ishloarida faol qatnashmoqdalar.

Prezidentimiz Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining ushbu 72-sessiyasida muhim va dolzarb tashabbusni o`rtaga tashladilar. Ya’ni, bugungi globallashuv va axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bir sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan muhim hujjat – BMTning yoshlar huquqlari to`g`risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish taklifini bildirgan edilar. Prezidentimizning yuksak minbardan turib bildirgan tashabbuslari xalqaro maydonda keng qo`llab-quvvatlanmoqda. Bu borada mamlakatimizda keng ko`lamdagi ishlar amalga oshrilimoqda. “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi asosida yoshlar faolligi yanada oshmoqda. Bizning o`quv dargohimizda ham bu borada ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Biz yoshlarga aniq mutaxassislikka yo`naltirilgan holda chuqur va puxta bilim berilmoqda, turli to`garaklar tashkil qilingan. Madaniy-ma’rifir tadbirlar o`tkazilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan qad rostlagan “Yoshlar markazi”ga borib, bilimlarimizni yanada oshiryapmiz.

Prezidentimiz yoshlarni har jihatdan qo`llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish borasida otalarcha g`amxo`rlik qilib kelayotgan ekanlar, biz yoshlar yurtboshimizning ishonchini albatta oqlaymiz! Shu maqsadda ona vatanimiz, jonajon xalqimizga muhabbat va sadoqat tuyg`usi bilan bilim olmoqdamiz, jamoat ishlarida faol ishtirok etyapmiz.

 

Hayriniso Jumaniyozova

O`zDJTU 1-bosqich talabasi

01 Noyabr 2019
Chop etish
-->