• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Ulug’bek Azizov hamda universitet jamoasi Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari univristeti rektori Ulug’bek Azizov hamda universitet jamoasi 24-sentabr Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, tarbiyalanuvchilar bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining bugungi kunda ta’lim, san’at va sport sohasida erishayotgan yutuqlari, kelgusi maqsadlari  haqida so‘z bordi.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga univeristet tomonidan jamlangan 300 dan ortiq badiiy kitoblar hamda til o‘rganish uchun metodik qo‘llanmalar sovg’a qilindi.
Ulug’bek Azizov Mehribonlik uyidagi kutubxona hamda sinf xonalarida bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. Bundan ko‘zlangan maqsad O‘zDJTU tomonidan ingliz, koreys, nemis, fransuz, arab, ispan, xitoy, yapon tillari to‘garaklari tashkil qilishdir.

 

27 Sentyabr 2021
Chop etish
-->