Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil oluvchi talaba qizlar bilan “Xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirish – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni universitet xotin-qizlar kengashi raisi N.Jurayeva ochib berdi. Maʼrifat targʼibotchilari jamiyati aʼzosi, falsafa fanlari doktori, professor J.T.Shermuhamedova o‘z so‘zida O‘zbekistonda gender tenglik masalalari va ayrim sohalarda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish belgilanganligiga to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston xalq artisti G.Zokirova esa qizlarni mustaqil oilaga tayyorlash, oilaviy ajrimlarga sabab bo‘layotgan omillar haqida o‘z fikr va maslahatlarini berdi.