• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

O'zDJTUda seminar tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 martdagi “Xalqaro rivojlantirish Аssotsiatsiyasi ishtirokidagi “Oliy ta'lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2848 sonli Qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta- maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Jahon banki kredit mablag'lari hisobidan investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
           Loyiha doirasida 2019 yil 6-sentyabrda OTMlarga texnik yordam berish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va «Al Mar Consulting» MChJ o'rtasida № MHEP/CQS/C8 sonli shartnoma imzolangan.
Ushbu shartnomaga asosan:
a)  texnik mutaxassisliklar bo'yicha oliy ta'limni qo'llab-quvvatlash;
b)  sanoat korxonlari va oliy ta'lim muasasalari o'rtasida sheriklik aloqalarini o'rnatish;
d) oliy ta'lim olish imkoniyatlarini (ayniqsa ayollar uchun) kengaytirishning eng maqbul variantlarini aniqlashda ijtimoiy tadqiqot o'tkazish belgilangan.
           Ushbu tadqiqotlar doirasida ishlab chiqilgan mexanizm va tavsiyalar natijalari bo'yicha har bir OTMida taqdimot/seminarlar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Shartnomaga asosan tadqiqot natijalarini tadbiq etish bilan bog'liq tashkiliy ishlar OO'MTV va OTMlar zimmasiga yuklatilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni ijrosini ta`minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida seminar tashkil etildi.
            Seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad – talabalar loyiha natijalari to‘gʼrisida amaliy mashgʼulotlar o‘tayotgan universitet professor-o‘qituvchilari va sanoat korxonalari xodimlarining xabardorligini oshirish, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishning mavjud tizimini muhokama qilish, ushbu tizimni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish, taklif va shikoyatlarni qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish.
          Bundan o‘qituvchilar va korxonalar xodimlari loyiha, tadqiqot natijalari haqida maʼlumot oladi, o‘zaro munosabatlarni takomillashtirish mexanizmlarini, shuningdek, shikoyat va takliflarni qabul qilish va ko‘rib chiqish mexanizmlarini muhokama qiladilar.

 

07 Oktyabr 2021
Chop etish
-->