• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

“O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Bugun O‘zbek tiliga Davlat  maqomi berilganiga 32 yil to‘ldi. Ushbu kun bayram sifatida yurtimizda keng nishonlab kelinmoqda. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ham “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. 
Tadbirni universitet rektori Ulug’bek Azizov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. So‘zga chiqqanlardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod hamda  taniqli sport jurnalisti, fudbol sharhlovchisi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Mirzahakim To‘xtamirzayev chiqishlari davraga ko‘tarinku ruh bag’shladi. Bayram tadbirida  universitet professor-o‘qituvchilar, talabalar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, raqslar va she’rlar namoyish etildi.

 

21 Oktyabr 2021
Chop etish
-->