• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha davra suhbati tashkil etildi

29-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zalida mutaxassislar ishtirokida “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish” boʻyicha davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda Uchtepa tumani Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlar podpolkovnik R.A.Mirzayeva, mayor Sh.A.Abdukarimova, katta leytenant R.F.Mursalimovalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida mutaxassislar talaba qizlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun mohiyati haqida batafsil maʼlumot berib oʻtishdi. Shuningdek, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga yordam koʻrsatish, himoya orderi berish tartibi tushuntirib oʻtildi.

Ushbu tadbir ishtirokchilarning xotin-qizlarga nisbatan ko’rsatiladigan tazyiq va zo’ravonlikning har qanday shakl va turlaridan himoyalanish bo’yicha huquqiy savodxonliklarini oshirishga, yoshlarni oilada va jamiyatda sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish uchun tayyorlashga xizmat qilishi shubhasiz.

29 Oktyabr 2021
Chop etish
-->