• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Aziz va qadrli talaba-yoshlar!

Aziz va qadrli talaba-yoshlar!

Bejizga talabalikni oltin davrga qiyoslashmaydi.Buni talabalikni boshidan kechirganlar yaxshi biladi. O'ziga yarasha mashaqqati, shu bilan birga betakrorligi bor davr bu. 
Qadrli talabalar, ota-onalaringiz, ustozlaringiz Sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini amaliy ishlar bilan roʼyobga chiqarish yoʼlida hormang, charchamang!

Oʼqish-oʼrganish, doimiy izlanish, ilm-fanga, taraqqiyot choʼqqilarini egallashga intilib yashash doimo hamrohingiz boʼlsin!

Sizga el-yurtimiz faxrlanadigan, yurtimizning munosib farzandi, haqiqiy inson boʼlish baxti nasib etsin!Aslida ilm olish istagida universitet tomon yo'lga chiqqan har bir kuningiz bayram, har kuningiz siz uchun talabalar kuni! Mana shunday har bir kuni 
 bayram bo'lgan oltin davringizni qadrlang, undan unumli foydalaning!

Sizni Talabalar kuni bilan samimiy tabriklab, barchangizga yangi yutuqlar,baxt va omad tilaymiz! Ishoning, O'zDJTUning har bir talabasi eng zo'r talaba, biz uchun sizdan a'losi yo'q! Bayram muborak!
 

17 Noyabr 2021
Chop etish
-->