Iqtidorli talabalarni tanlash tamoyillari
Iqtidorli talabalarni izlash oʼqishning dastlabki kunlaridan va kasbga yoʼnaltirish ishlarini olib borish jarayonida amalga oshiriladi.Barcha fanlardan yuqori reyting koʼrsatkichiga erishgan va maxsus dastur asosida oʼqishga xohishi bor talabalar maxsus (ixtisosliklar boʼyicha) sinovlardan oʼtadilar.Maxsus sinovlardan muvaffaqiyatli oʼtgan va oʼzlarining xohishlariga koʼra ilmiy ishlar bajarishga, chet tili, axborot texnologiyalari, fundamental va maxsus fanlarni chuqurlashtirilgan dastur asosida oʼqishga moyilligi bor talabalar «Iqtidorli talaba» deb tan olinadi.Iqtidorli talabalar quyidagi talablarga javob berishlari zarur:fanlarni yuqori darajada oʼzlashtirishi;chet tillaridan biri (bir nechtasi)ni puxta egallashi;yuqori darajadagi kompьyuter savodxonligiga ega boʼlishi;mustaqil fikrlash, yangi fikr va mulohazalarni bildirish, amalda tadbiq etish xususiyatlariga ega boʼlishi;sohasi boʼyicha mustaqil bilim olishga yoʼnaltirilgan va ilm-fan sohasidagi yangiliklarni tezkorlik bilan egallash xususiyatlari shakllangan boʼlishi lozim.Iqtidorli talaba oʼzining maxsus oʼquv va ijodiy ishlarini toʼla va belgilangan muddatlarda bajarishi, oʼqishda, ijodiy ishlarni bajarishda boshqa talabalarga oʼrnak boʼlishi zarur.
Iqtidorli talabalarning mustaqil taʼlim faoliyatinitashkil etish
«Iqtidorli talaba» deb tan olingan talabalarga fakulьtet ilmiy kengashining tavsiyasiga koʼra institut rektorining buyrugʼiga asosan chuqurlashtirilgan maqsadli mashgʼulotlar tashkil qilinadi.Taʼlim olayotgan fan sohalari boʼyicha maxsus sinovlar natijalariga va fakulьtet Ilmiy Kengashi qaroriga asosan iqtidorli talabalar guruhlari shakllantiriladi hamda chuqurlashtirilgan maqsadli mustaqil mashgʼulotlar tashkil etiladi. Chuqurlashtirilgan mustaqil mashgʼulotlar oʼquv dasturi asosida amalga oshiriladi. Chuqurlashtirilgan maqsadli mustaqil mashgʼulotlarning oʼquv dasturi, umumiy (asosiy) oʼquv dasturiga qoʼshimchalar kiritish yoʼli bilan oʼquv boʼlimi, dekanatlar va kafedralar hamkorligida iqtidorli talabalarning qobiliyatlarini eʼtiborga olgan holda har oʼquv yilining boshida (20-sentyabrgacha) tuziladi va institut rektori tasdigʼiga kiritiladi.Tanlab olingan fanlardan mustaqil oʼqitishni chuqurlashtirish (chuqur bilim berish) talabalarning qobiliyatlarini eʼtiborga olgan holda ushbu fanlar oʼquv dasturlarini kengaytirish hisobiga boʼlishi mumkin. Iqtidorli talabalarni oʼqitishni tashkil etish ularda mustaqil taʼlim olish koʼnikmalarini rivojlantirishga yoʼnaltirilgan boʼlishi shart.Ilmiy rahbar (ustoz) iqtidorli talaba va chuqurlashtirilgan holda oʼrganilishi nazarda tutilgan fan oʼqituvchilari bilan hamkorlikda maxsus dastur va tematik reja tuzadi.Iqtidorli talabalar bilan oʼquv mashgʼulotlari davra suhbatlari, berilgan shaxsiy topshiriqlarning muhokamasi, seminarlar va talabalarni qiziqtirishga yoʼnaltirilgan boshqa shakllarda olib boriladi.Iqtidorli talabalar uchun institut axborot resurs markazidan, xalqaro maʼlumotlar baʼzalaridan foydalanish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Iqtidorli talabalarga fakulьtet va kafedralar tavsiyasiga koʼra ilmiy rahbar tayinlanadi. Ustoz oʼzining shogirdi bilan hamkorlikda olib boradigan, oʼquv yilining soʼnggida erishilishi kutilayotgan natijalar rejasini tuzadi va ushbu reja fakulьtet Ilmiy kengashida tasdiqlanadi.Fakulьtet ilmiy kengashi har bir iqtidorli talabaning 1 yillik faoliyat ish rejasini tasdiqlaydi. Fakulьtet ilmiy kengashi oʼquv yili davomida kamida bir marta ilmiy rahbarning yoki zarur boʼlgan holda iqtidorli talabaning oʼquv va ijodiy rejalarini bajarilishi haqidagi hisobotlarini muhokama qiladi. Ustozning talaba bilan hamkorlikda olib borgan ishlari natijalari qoniqarli emas deb topilsa, ularga zarur tavsiyalar beriladi yoki talabani iqtidorli talabalar safidan chetlatish haqida fakulьtet dekani Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektorga tavsiya beradi.Boʼlim iqtidorli talabalarning oʼquv va ijodiy ishlarini reja boʼyicha borishini, kafedralarda talabaga hamma oʼqish sharoitlarni yaratilishini nazorat qilib boradi.
Kafedra va talabaning ustozi hamkorlikda talabaga nazorat ishlari, kurs ishlari va boshqa oʼquv ishlarini topshirish muddatlarini belgilaydi.Maxsus dastur asosida oʼqitilayotgan iqtidorli talaba bilan hamkorlikda va uning ijodiy rejasini eʼtiborga olgan holda fanlar boʼyicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirish, oʼquv dasturini bajarish usullari belgilanadi, talaba fanlarni oʼzlashtirishi uchun kerakli adabiyotlar, uslubiy qoʼllanmalar, texnik vositalar bilan taʼminlanadi, ularga fanlardan maslahatchi oʼqituvchi belgilanadi va topshiriq nazorati belgilangan muddatda qabul qilib olinadi. Chuqurlashtirilgan fanlar boʼyicha mashgʼulotlar maxsus jadval asosida ilmiy raxbar yoki maslahatchi bilan hamkorlikda berilgan shaxsiy topshiriqlarning bajarilish holatiga qarab belgilanadi. Chuqurlashtirilgan oʼquv dasturi boʼyicha, yuqori reyting koʼrsatkichlariga ega talabalar va samarali mehnat qilib yuqori koʼrsatkichlarga erishgan professor-oʼqituvchilar oʼrnatilgan qoidalar boʼyicha taqdirlanishga tavsiya etiladilar.
Iqtidorli talabalar bilan ish olib boruvchi professor-oʼqituvchilarni tanlash
Iqtidorli talabalarga dars berishga ilmiy darajali va talabani maqsadli tayyorlash dasturi boʼyicha yetarli bilimga ega boʼlgan professor-oʼkituvchilar jalb etiladi.Iqtidorli talabalarga ilmiy rahbar etib, ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega boʼlgan, oʼquv-uslubiy va ilmiy faoliyati boʼyicha reytingi yuqori boʼlgan professor va dotsentlar tayinlanadi.Iqtidorli talabalar ilmiy rahbarlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturini tuzish va uni amalga oshirishga rahbarlik qilish;iqtidorli talabalar bilan ishlash boʼyicha yetakchi xorijiy davlatlardagi ilgʼor tajribalarni oʼrganish va ularni oʼz faoliyatida qoʼllash;yangi pedagogik texnologiya, kompьyuter va video-audio texnikalarini oʼquv jarayonida keng qoʼllash;maqsadli dasturni muvaffaqiyatli bajarayotgan iqtidorli talabalarni moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish boʼyicha takliflar kiritish.
Iqtidorli talabalarning vazifalari
yuqori darajada ahloqli, madaniyatli va ilmga chanqoq boʼlishi, doimo yangilikka intilishi, oʼzining intellektual salohiyatini doimo oshirib borish, internetdan foydalana olish, ilmiy adabiyotlardan, institutda, respublikada, xorijda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan xabardor boʼlish;ingliz, rus va boshqa xorij tillarini mukammal oʼrganish va bilish; ilmiy-tadqiqot ishlari uchun material toʼplashi va ilmiy rahbari bilan olingan maʼlumotlarni tahlil qilishi;ilmiy-tadqiqot ishi natijalari boʼyicha boʼlimga hisobot berib borishi.
Iqtidorli talabalar hamda ularning ustozlarini ragʼbatlantirish
Fanlarni chuqur oʼrganayotgan, ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashayotgan iqtidorli talabalarni institut rahbariyati quyidagilarga tavsiya etishlari mumkin:Respublika hamda xalqaro nufuzli tanlovlarda ishtirok etish;Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda Nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashish; iqtidorli magistratura talabalarini kafedralarda ilmiy izlanuvchi oʼqituvchi boʼlib ishlash yoki tayanch doktoranturada oʼqishni davom ettirish;iqtidorli bakalavriat talabalarini magistraturada oʼqishni davom ettirishi;qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa koʼrinishdagi moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish;Iqtidorli talabalarni tayyorlashda yuqori koʼrsatkichlarga erishgan professor-oʼqituvchilar institut rahbariyati, tomonidan quyidagilarga tavsiya etilishi mumkin:moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish;“Yilning eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovida ishtirok etish;xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari hamda ilm maskanlarida malaka oshirish, stajirovka oʼtash va tajriba almashishga yuborish;ustama haqlarning belgilanishi;qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa koʼrinishdagi moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish.Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturiga sarflanadigan harajatlar institutning byudjetdan tashqari topgan mablagʼlari hisobidan amalga oshiriladi.Iqtidorli talabalarni va ularning ustozlarini qoʼshimcha ravishda ragʼbatlantirish va taqdirlash turlari institutning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kengaytirilishi mumkin.Buyurtmachi korxona, tashkilot va muassasa iqtidorli talabalarga stipendiya belgilashi mumkin.
Yakunlovchi qoidalarMazkur Nizom amaldagi qonunchilik hujjatlariga qoʼshimcha va oʼzgartirishlar kiritilganda qayta ishlab chiqiladi.