Ingliz tili 1-fakulteti

Fakultet haqida

Ingliz tili 1 fakultet tarixi

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi №1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi va 2013-yil 23-maydagi №1971-sonli “O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlariga muvofiq Birinchi va Ikkinchi ingliz filologiyasi fakultetlari negizida Ingliz tili birinchi, Ingliz tili ikkinchi, Ingliz tili uchinchi fakultetlar tashkil topdi. Hozirda Birinchi ingliz tili fakultetida 5 ta mutaxassislik kafedralari va 2 ta nomutaxassislik kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 151 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 15 nafari fan diktorlari (DSc) 23 nafari fan nomzodi (PhD) ilmiy darajalariga ega.

Talabalarning mustaqil ta’lim ko’nikmalarini shaklantirishlari uchun internet tarmog’iga ulangan 6 ta kompyuter xonalari faoliyat yuritmoqda.

Fakultetda tahsil olayotgan talabalarga zamonaviy bilimlarni berish uchun quyidagi kafedralar tashkil qilingan.

Fakultet tasarrufidagi kafedralar:

Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi

Ingliz tilining integrallashgan kursi №1 kafedrasi

Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi

Ingliz tilini o’qitish metodikasi №1 kafedrasi

Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

Umumiy tilshunoslik kafedrasi