Iqtidorli talabalarning mustaqil taʼlim faoliyatini tashkil etish.
«Iqtidorli talaba» deb tan olingan talabalarga fakulьtet ilmiy kengashining tavsiyasiga koʼra institut rektorining buyrugʼiga asosan chuqurlashtirilgan maqsadli mashgʼulotlar tashkil qilinadi.Taʼlim olayotgan fan sohalari boʼyicha maxsus sinovlar natijalariga va fakulьtet Ilmiy Kengashi qaroriga asosan iqtidorli talabalar guruhlari shakllantiriladi hamda chuqurlashtirilgan maqsadli mustaqil mashgʼulotlar tashkil etiladi. Chuqurlashtirilgan mustaqil mashgʼulotlar oʼquv dasturi asosida amalga oshiriladi. Chuqurlashtirilgan maqsadli mustaqil mashgʼulotlarning oʼquv dasturi, umumiy (asosiy) oʼquv dasturiga qoʼshimchalar kiritish yoʼli bilan oʼquv boʼlimi, dekanatlar va kafedralar hamkorligida iqtidorli talabalarning qobiliyatlarini eʼtiborga olgan holda har oʼquv yilining boshida (20-sentyabrgacha) tuziladi va institut rektori tasdigʼiga kiritiladi.Tanlab olingan fanlardan mustaqil oʼqitishni chuqurlashtirish (chuqur bilim berish) talabalarning qobiliyatlarini eʼtiborga olgan holda ushbu fanlar oʼquv dasturlarini kengaytirish hisobiga boʼlishi mumkin. Iqtidorli talabalarni oʼqitishni tashkil etish ularda mustaqil taʼlim olish koʼnikmalarini rivojlantirishga yoʼnaltirilgan boʼlishi shart.Ilmiy rahbar (ustoz) iqtidorli talaba va chuqurlashtirilgan holda oʼrganilishi nazarda tutilgan fan oʼqituvchilari bilan hamkorlikda maxsus dastur va tematik reja tuzadi.Iqtidorli talabalar bilan oʼquv mashgʼulotlari davra suhbatlari, berilgan shaxsiy topshiriqlarning muhokamasi, seminarlar va talabalarni qiziqtirishga yoʼnaltirilgan boshqa shakllarda olib boriladi.Iqtidorli talabalar uchun institut axborot resurs markazidan, xalqaro maʼlumotlar baʼzalaridan foydalanish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Iqtidorli talabalarga fakulьtet va kafedralar tavsiyasiga koʼra ilmiy rahbar tayinlanadi. Ustoz oʼzining shogirdi bilan hamkorlikda olib boradigan, oʼquv yilining soʼnggida erishilishi kutilayotgan natijalar rejasini tuzadi va ushbu reja fakulьtet Ilmiy kengashida tasdiqlanadi.Fakulьtet ilmiy kengashi har bir iqtidorli talabaning 1 yillik faoliyat ish rejasini tasdiqlaydi. Fakulьtet ilmiy kengashi oʼquv yili davomida kamida bir marta ilmiy rahbarning yoki zarur boʼlgan holda iqtidorli talabaning oʼquv va ijodiy rejalarini bajarilishi haqidagi hisobotlarini muhokama qiladi. Ustozning talaba bilan hamkorlikda olib borgan ishlari natijalari qoniqarli emas deb topilsa, ularga zarur tavsiyalar beriladi yoki talabani iqtidorli talabalar safidan chetlatish haqida fakulьtet dekani Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektorga tavsiya beradi.Boʼlim iqtidorli talabalarning oʼquv va ijodiy ishlarini reja boʼyicha borishini, kafedralarda talabaga hamma oʼqish sharoitlarni yaratilishini nazorat qilib boradi. Kafedra va talabaning ustozi hamkorlikda talabaga nazorat ishlari, kurs ishlari va boshqa oʼquv ishlarini topshirish muddatlarini belgilaydi.Maxsus dastur asosida oʼqitilayotgan iqtidorli talaba bilan hamkorlikda va uning ijodiy rejasini eʼtiborga olgan holda fanlar boʼyicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirish, oʼquv dasturini bajarish usullari belgilanadi, talaba fanlarni oʼzlashtirishi uchun kerakli adabiyotlar, uslubiy qoʼllanmalar, texnik vositalar bilan taʼminlanadi, ularga fanlardan maslahatchi oʼqituvchi belgilanadi va topshiriq nazorati belgilangan muddatda qabul qilib olinadi.Chuqurlashtirilgan fanlar boʼyicha mashgʼulotlar maxsus jadval asosida ilmiy raxbar yoki maslahatchi bilan hamkorlikda berilgan shaxsiy topshiriqlarning bajarilish holatiga qarab belgilanadi. Chuqurlashtirilgan oʼquv dasturi boʼyicha, yuqori reyting koʼrsatkichlariga ega
talabalar va samarali mehnat qilib yuqori koʼrsatkichlarga erishgan professor-oʼqituvchilar oʼrnatilgan qoidalar boʼyicha taqdirlanishga tavsiya etiladilar.
Iqtidorli talabalar bilan ish olib boruvchi professor-oʼqituvchilarni tanlash
Iqtidorli talabalarga dars berishga ilmiy darajali va talabani maqsadli tayyorlash dasturi boʼyicha yetarli bilimga ega boʼlgan professor-oʼkituvchilar jalb etiladi.Iqtidorli talabalarga ilmiy rahbar etib, ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega boʼlgan, oʼquv-uslubiy va ilmiy faoliyati boʼyicha reytingi yuqori boʼlgan professor va dotsentlar tayinlanadi.Iqtidorli talabalar ilmiy rahbarlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturini tuzish va uni amalga oshirishga rahbarlik qilish;iqtidorli talabalar bilan ishlash boʼyicha yetakchi xorijiy davlatlardagi ilgʼor tajribalarni oʼrganish va ularni oʼz faoliyatida qoʼllash;yangi pedagogik texnologiya, kompьyuter va video-audio texnikalarini oʼquv jarayonida keng qoʼllash;maqsadli dasturni muvaffaqiyatli bajarayotgan iqtidorli talabalarni moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish boʼyicha takliflar kiritish.
Iqtidorli talabalarning vazifalari
Yuqori darajada ahloqli, madaniyatli va ilmga chanqoq boʼlishi, doimo yangilikka intilishi;oʼzining intellektual salohiyatini doimo oshirib borish, internetdan foydalana olish, ilmiy adabiyotlardan, institutda, respublikada, xorijda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan xabardor boʼlish;ingliz, rus va boshqa xorij tillarini mukammal oʼrganish va bilish; ilmiy-tadqiqot ishlari uchun material toʼplashi va ilmiy rahbari bilan olingan maʼlumotlarni tahlil qilishi;ilmiy-tadqiqot ishi natijalari boʼyicha boʼlimga hisobot berib borishi lozim.

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi