Ingliz tili 3-fakulteti

Fakultet haqida

Ingliz tili 3-fakultet tarixi

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi №1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi va 2013-yil 23-maydagi №1971-sonli “O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlariga muvofiq 2021 yil Universitet tasarrufida Ingliz tili uchinchi fakulteti tashkil etildi. Hozirda Ingliz tili uchinchi fakultetida 4 ta mutaxassislik kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 8 nafari fan nomzodi (PhD) ilmiy darajalariga ega.

Talabalarning mustaqil ta’lim ko’nikmalarini shaklantirishlari uchun fakultetda internet tarmog’iga ulangan 6 ta kompyuter xonalari hamda axborot resurs markazi faoliyat yuritmoqda.

Fakultetda tahsil olayotgan talabalarga zamonaviy bilimlarni berish uchun quyidagi kafedralar tashkil qilingan.

Fakultet tasarrufidagi kafedralar:

Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi

Ingliz tilining integrallashgan kursi №3 kafedrasi

Ingliz tili nazariy aspektlari №3 kafedrasi

Ingliz tilini o’qitish metodikasi №3 kafedrasi