Roman-german filologiyasi fakulteti

Fakultet haqida

 

Roman-german-filologiyasi-fakultet

 

 

 

 

Fakultet tarixi:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida”gi PQ-1875 sonli qarori hamda 2013 yil 23 maydagi “O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida” gi PQ–1971 sonli qarori asosida nemis, fransuz, ispan filologiyasi fakultetlari negizida roman-german filologiyasi fakulteti tashkil etildi. 2017 yil 2- sentabrdan filologiya va tillarni o’qitish ingliz tili yo’nalishi ham fakultet tarkibiga kiritildi.

Bugunga kelib fakultetda 4 ta kafedra faoliyat olib bormoqda:

1. Nemis tili nazariyasi va amaliyoti

2. Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti

3. Ispan tili nazariyasi va amaliyoti

4.Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti

O‘quv ishlari:

Fakultetda saboq chiqarayotgan 1002 dan ortiq talabalarga o‘z sohasining yetuk bilimdoni bo‘lgan 100ga yaqin professor-o‘qituvchi dars berib kelmoqda. Ularning 1 nafari fan doktori – professorlar,15 ga yaqini fan nomzodi – dotsent ilmiy darajasiga ega tajribali ustozlardir.

Fakultetda to’rtta ta’lim yo‘nalishi va to’rtta mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Fakultetda bakalavr yo‘nalishlarida 4 ta Yevropa tillari (ingliz, fransuz, nemis, ispan),6 ta sharq tillari (arab, turk, yapon, hind, malay, indonez,), shuningdek, gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va umumkasbiy fanlardan dars berilmoqda.

Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:

· 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)

· 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili

· 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)

· 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)

 

Fakultetda 9 ta ustuvor yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifat tadbirlarining qamrovi hamda samaradorligini ko‘tarish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Unga muvofiq ravishda talabalarning siyosiy va huquqiy savodxonliklarini yanada oshirish, shu bilan birga, mamlakatimizda yuz berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni yoshlar ongiga singdirish maqsadida talaba-yoshlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari, respublika davlat arboblarining intervyulari hamda xorijiy mamlakatlarda ro‘y berayotgan turli voqea-hodisalar haqida to‘laqonli ma’lumotlar dekanat hamda kafedralar hamkorligida tashkil etilgan “Axborot va murabbiylik soatlari”da muntazam yoritib boriladi. Xususan, talabalar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini to‘g‘ri tushuntirish, talabalar orasida atroflicha muhokama qilish maqsadida ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Fakultetda oldindan ishlab chiqilgan reja asosida o‘zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan ijodkorlar, davlat arboblari, sarkardalarning tavallud kuni munosabati bilan bayram tantanalari uyushtiriladi. Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sanalar munosabati bilan ham tadbirlar amalga oshiriladi. Fakultet talabalari institut, tuman, shahar, respublika, xalqaro miqyosdagi yoki oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik tanlovlarda faol qatnashib munosib o‘rinlarni egallab kelmoqda. Har yili institut miqyosida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha “Rektor kubogi”, “Dekan kubogi” musobaqalarida o‘qituvchilar va talabalarimiz fakultet terma jamoalari tarkibida qatnashib yaxshi natijalar ko‘rsatishmoqda.