Sharq filologiyasi fakulteti

Fakultet haqida

Sharq filologiyasi fakulteti

Fakultet tasarrufidagi kafedralar:

Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Jahon adabiyoti kafedrasi

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi

O‘quv ishlari:

Fakultetda 3 ta mutaxassislik (Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi, Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi, Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi) va 2 ta fakultetlararo (Jahon adabiyoti kafedrasi, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi) kafedralari faoliyat yuritadi. Fakultet tarkibida 3 ta ta’lim yo‘nalishi – Filologiya va tillarni o’qitish (Xitoy tili, Yapon tili, Koreys tili) mavjud. Fakultetda jami 1262  nafar talaba tahsil olmoqda. 

Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasida asosiy shtatda 10 nafar,                1 nafar o‘qituvchi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD faoliyat yuritadi.

Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasida 12 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda, shundan 2 nafari katta o‘qituvchi va 1 nafari dotsent sanaladi.

Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasida asosiy shtatda 22 nafar professor-o‘qituvchi bo‘lib, ulardan 2 nafari filologiya bo‘yicha falsafa doktori PhD, 2 nafari katta o‘qituvchi.

Jahon adabiyoti kafedrasida 1 nafar professor Dsc, 4 nafar falsafa doktori PhD, 6 nafar katta o‘qituvchi va  2 nafar dotsent faoliyat yuritadi.

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasida 20 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda, shulardan, 18 nafari asosiy shtatda: 7 nafar dotsent, fan nomzodi, 5 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar stajyor o‘qituvchi va 2 nafar o‘rindosh o‘qituvchi.

Hozirda 2022-yil uchun Erasmus doirasida kredit-mobillik loyihasi bo‘yicha rejalar tuzilmoqda.

llmiy ishlar:

Sharq filologiyasi fakulteti mutaxassislik kafedralarida rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

1)  Tinglab tushhunish va gapirish ko‘nikmasini takomillashtirish usullarini tadqiq etish;

2)   O‘qish va Yozish ko‘nikmasini takomillashtirish usullari ustida ishlash;

3) Talabalarda xitoy tilida leksik birliklari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini kommunikativ yondashuv asosida rivojlantirish;

4) Talabalarning leksik boyligini o‘qish va yozish ko‘nikmalari orqali rivojlantirish;

5) Dars jarayoniga yangi yondashuv va metodlarni tadbiq etish ko‘nikmasini rivojlantirish;

6) Talabalarga Xalqaro til bilish sertifikatlari (HSK, JLPT, TOPIK) olishlari uchun metodik, ilmiy-amaliy uslubiy yordam berish;

7) Xitoy, Koreys, Yapon tili o‘qitish metodikasini o‘rgatish.