Xalqaro jurnalistika fakulteti

Fakultet haqida

XALQARO JURNALISTIKA FАKULTETI
 

     Xalqaro jurnalistika fakulteti 1999-yilda tashkil etilgan. Fakultetda “Xalqaro jurnalistika”, “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar”, “Siyosatshunoslik”, "Xalqaro munosabatlar", “Sosiologiya”, “Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti” ta’lim yo‘nalishlarida bakalavrlar, “Xalqaro jurnalistika”, “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.

     Fakultetda Sulaymon Demirel nomidagi universitet, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti, O‘sh davlat universiteti, Turkiston davlat universiteti kabi xorij OTMlari bilan yaqin hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan. Fakultetda AQSH bilan samarali xalqaro munosabatlar olib borilib, hamkor davlat tomonidan fakultetga teleradio uskunalari uchun 20 000 AQSH dollari miqdoridagi grant ajratib berilgan. Hozirda fakultet yuqori sifatli uskunalar bilan ta’minlangan mediamarkaziga ega.

      Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida fakultetda O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ko‘magida xalqaro seminar-treninglar tashkil qilindi. Xalqaro trenerlar ishtirokida master-klasslar muntazam uyushtiriladi. Jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha keyingi 3 yilda 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va darsliklar nashrga tayyorlandi.

        Xalqaro jurnalistika fakulteti tarkibidagi kafedralar:

1. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar;

2. Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti;

3. Ijtimoiy fanlar;

4. Ikkinchi chet tili;

5. Zamonaviy axborot texnologiyalari.