Bugun Xalqaro jurnalistika fakultetida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi,  “G’uncha” jurnali bosh muharriri Dilfuza Shomalikova bilan ijodiy uchrashuv o’tkazildi.

 Uchrashuv davomida, O’zbek bolalar jurnalistikasining rivojlanish bosqichlari, e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar haqida “G’uncha” jurnali faoliyati misolida ko’rib chiqildi. Suhbatda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Uchrashuv Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi tomonidan “Bolalar jurnalistikasi” fani doirasida 4-bosqich talabalari uchun tashkil etildi.

2024-03-28 02-28

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi