18-mart kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida  jurnalist, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi,  yozuvchi, tarjimon — Nodirabegim Ibrohimova bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov Nodirabegim Ibrohimova ijodi va faoliyatiga to’xtalib o’tib, talabalarning ijodkordan o’rnak olishi lozim bo’lgan jihatlari haqida gapirib o’tdi. Davra suhbati davomida Nodira Ibrohimova yoshlarning hayotda to’g’ri maqsad tanlay olishi, ilm mashaqqati, ijodkorlik mas’uliyati, ayolning hayotdagi o’rni haqida to’xtaldi. Kitob mutolaasining talabalar hayotidagi o’rni, ayniqsa, jurnalistlar uchun kitob o’qish zarurati haqida suhbatlashildi. Nodira Ibrohimova ilmiy, kasbiy faoliyati haqida gapirib o’tib, tajimon sifatida talabalar tomonidan berilgan savollarga o’z tajribalari asosida javob berib o’tdi.

2024-03-20 11-48

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi