Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Guli Ergasheva ayni paytda Oʻzbekiston davlat jahon tillarida amalga oshirilayotgan “Eksperimental fonetik laboratoriya yaratish” loyihasi doirasida AQSHning Konnektikut universitetiga tashrif buyurdi. 

Tashrif doirasida universitet professori Tolga Tulker va “Center for International Students and Scholars (CISS)” markazi direktori professor Djenni Sleyton bilan ilm-fan va taʼlim borasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qildi.

Maʼlumot uchun: Konnektikut universiteti 1881-yilda tashkil topgan boʻlib, 32 mingdan ortiq talaba, jumladan, 8 mingdan ortiq doktorant tahsil oladi. 2023-yilda U.S. News & World Report nashriyotiga koʻra AQSH milliy universitetlari reytingida 67-oʻrinni, World Universities Rankings 2023 reytingida 444-oʻrinni egallagan.

2023-12-06 02-54

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi