Ispaniya Universitetlariga ERASMUS+ dasturi boʻyicha 2024-2025 o’quv yilining 1-semestri uchun talabalarning akademik mobillik dasturi asosida ispan tili yoʻnalishi 3-bosqich talabalari uchun oʻqishga yuborish tanlovini eʼlon qilamiz! Erasmus+ Student Mobility – 2 oʻrin (1 o’rin Xaen Universitetiga, 1 o’rin Kadis Universitetiga) Dastur davomiyligi:  Student Mobility – 5 oy AGAR SIZ QUYIDAGI TALABLARGA TO‘LIQ MUVOFIQ BO‘LSANGIZ, ARIZAINGIZNI KUTAMIZ! Nomzodga qo‘yiladigan talablar: O‘zDJTU Roman-german fakultetining ispan tili yo’nalishi 3 - bosqich talabasi boʻlishi; Tilni bilishi (ispan tili); Avval Erasmus+ dasturida qatnashmagan bo‘lishi. Kerakli hujjatlar ro‘yxati: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (nusxasi); Rezyume (CV, ispan tilida); Chet tili (ispan) kamida B1/B2 darajasini tasdiqlovchi sertifikat; Motivatsiya xati (ispan tilida, 1 betdan oshmasligi kerak); Motivatsion xatda: Nomzod haqida qisqacha ma’lumotlar, tanlangan soha bo‘yicha kasbiy tajribasi (agar mavjud bo´lsa), dasturda ishtirok etish maqsadi, akademik mobillik o´qishini bitirib kelganidan keyingi kutilayotgan natijalar haqida ma’lumotlar yoziladi; Nega aynan ushbu universitetni tanlash asosingiz. Ariza topshirishning muddati: 25/03/2024 dan  08/04/2024 yil sanasiga qadar Tayyorlangan barcha hujjatlar Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi xalqaro ishlar bo’yicha mas’ul D.Xaydarovaga topshiriladi.

2024-03-25 11-08

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi