Joriy yilning 25-mart kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida o‘z ishini boshlagan “Markaziy Osiyoda nemis tilini oʻqitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi sohadagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan sho‘ba yig‘ilishlarida davom etdi.

"Nemis tilini oʻqitishda hududiy hamkorlik"," Nemis filologiyasining dolzarb masalalari", "Nemis tilini oʻqitishda innovativ va raqamli texnologiyalar"," Kasbga yoʻnaltirilgan nemis tilini oʻqitish" hamda "Madaniyatlararo muloqot va tarjima masalalari" mavzulariga bag‘ishlangan sho‘ba yig‘ilishlarida mahalliy va xorijlik professor-o‘qituvchilar tomonidan so‘nggi ma'lumotlar, darslarni zamonaviy metodika asosida tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Sho‘balar bo‘yicha eng yaxshi ma'ruzachi va eng ijodkor uslubchi aniqlanib, ular munosib taqdirlandilar.

2024-03-28 05-15

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi