19-20-yanvar kunlari OʻzDJTUda "Ingliz tilini oʻqitishda yangi yoʻllar: yutuqlar, muammolar, yechimlar" mavzusida xalqaro boʻlib oʻtilishi rejalashtirilgan edi.


19-yanvar kunining ikkinchi yarmida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida OʻzDJTUda “Ingliz tilini oʻqitishda yangi yoʻllar: yutuqlar, muammolar, yechimlar” mavzusida tashkil etilgan xalqaro konferensiyaning ikkinchi qismi boʻlib oʻtdi.

Ushbu anjumanda Oʻzbekistonning barcha hududlari hamda Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Shri-Lanka, Bangladesh, Hindiston, Xitoy va AQSh kabi boshqa mamlakatlardan mutaxassislar ishtirok etdi. Ular oʻzlarining ilgʻor tajribasi, fikr va gʻoyalari bilan oʻrtoqlashdi. Konferensiya chet tillarini oʻrgatishdagi muammolarni hal qilish va yechimlarni izlash uchun muhim platforma boʻlib xizmat qilmoqda.

 

 

Konferensiya doirasida professor-oʻqituvchilar oʻrtasida malaka-almashinuv dasturlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida: ingliz tili darslarida tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ingliz tilini rivojlantirishda qiziqarli oʻyinlar, dars jarayonlarida oʻqituvchilarning hayotiy tajribalaridan foydalanish koʻnikmalarini rivojlanish va boshqa mavzularda ilmiy uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Unda yurtimiz va xorijiy professor-oʻqituvchilari bir-birlari bilan oʻz tajribalarini boʻlishishdi. Shuningdek konferensiya doirasida OʻzDJTU qoshida tashkil etilgan ACCES markazi oʻquvchilari tomonidan mehmonlarga bayram tadbiri namoyish etildi. 

 

 

Shuningdek, mamlakatimiz tarixi va anʼanalarini aks ettirgan sahna koʻrinishlari va raqslar, Amerika tarixiga oid qiziqarli chiqishlar va oʻyinlar namoyishi boʻlib oʻtdi.

2024-01-20 01-44

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi