Bugun poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

 

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, davlat va jamoat arboblari, shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va oʻquvchilar, ijodiy tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

Harbiy orkestr sadolari ostida boshlangan tadbirni Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Sirojiddin Sayyid kirish soʻzi bilan ochib berdi.

 

OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va rahbariyat vakillaridan iborat universitet jamoasi ham tadbirga tashrif buyurdi. Universitet jamoasi rektor Ilxomjon Tuxtasinov bilan birgalikda Mir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻydi va Navoiy siymosiga hurmat bajo keltirdi. 

 

Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan adabiy-maʼrifiy tadbir Adiblar xiyobonida haykallari qad rostlagan shoir va yozuvchilar hamda jadidlarning haykallari oldida davom ettirildi.

2024-02-09 10-14

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi