13-oktabr kuni Tarjimonlik fakultetida oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bagʻishlab “Oʻzbek tili jahon kezmoqda” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkillashtirildi. Davra suhbatida Qozogʻiston Respublikasi Al Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti professori Avakova Raushan va f.f.n, dotsent Kudyarova Sholpanlar mehmon sifatida ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda Tarjimonlik fakulteti dekani f.f.d., dotsent U.Yuldashev, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari: professor Sh.Yuldasheva, dotsent N.Jiyanova, oʻqituvchi D.Eshanqulov, tarjima nazariyasi va amaliyoti bakalavr taʼlim yoʻnalishi 2305-, 2312-, 2316-, 2313-, 2314-guruh talabalari ham qatnashdi.

Fakultet dekani f.f.n., dots. U.Yuldashev universitetda xalqaro aloqalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, professor-oʻqituvchilar va talaba almashinuvi borasida yaratilayotgan imkoniyatlar, kelgusidagi rejalar, oʻzbek tilining rivoji, uning Qozogʻiston Respublikasi Al Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida oʻqitilishi haqida nutq soʻzladi.

    Qozogʻiston Respublikasi Al Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti professori Avakova Raushan “Zamonaviy dunyoda taʼlim va lingvistika masalasi” mavzusida maʼruza qildi. Zamonaviy dunyoda taʼlimning oʻrni, yoshlarning ilmga boʻlgan ijobiy munosabati xususida fikr yuritdi.Oʻzbek va qozoq xalqlarining taʼlim yoʻnalishidagi hamkorligini yanada rivojlantirish kerakligi ham taʼkidlab oʻtildi.

2023-10-13 08-11

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi