4-may kuni OʻzDJTUda “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida “Rektor va talaba-yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov qatnashdi va tadbirni ochib berdi. Shuningdek, tadbirda Uchtepa tuman Bandlikka koʻmaklashish va kambagʻallikni qisqartirish markazi xodimlari, maktab direktorlari ish beruvchi tashkilot sifatida ishtirok etdi.

Dastur davomida tadbir mehmoni Uchtepa tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari O.Raxmonberdiyev soʻzga chiqib, yoshlarga eʼtibor va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʻzlab oʻtdi. Shuningdek, talabalarning taklif va mulohazalari bilan qiziqdi. Talabalar tomonidan taklif hamda muammolarga qisqa fursatda yechim beriladigan boʻldi.

2024-05-06 02-47

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi