Bugun 21-fevral OʻzDJTUda UNESCO tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan "Xalqaro ona tili kuni"ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. 

 

Bangladesh Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirga Bangladesh, Hindiston, Turkiya, Malayziya, Xitoy davlatlari elchilari, Omon Sultonligi, Rossiya, Latviya kabi mamlakatlar elchixonalarining vakillari, Oʻzbekistondagi UNESCO tashkiloti vakolatxonasi rahbari, Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshligʻi tashrif buyurdi.

 

Tadbirda soʻzga chiqqan OʻzDJTU rektori v.v.b. M. Chutpulatov, Bangladesh elchisi Mohammad Monirul Islam janoblari, Oʻzbekistondagi UNESCO tashkiloti vakolatxonasi rahbari Sara Nashadi xomin ona tilining millat taraqqiyoti, maʼnaviyati, madaniyati va boy merosining rivojlanishidagi oʻrni hamda ahamiyati haqida gapirib oʻtdilar. 

 

Tadbirning badiiy qismida fransuz, hind, xitoy, rus, bengal va boshqa tillardagi qoʻshiqlar yangradi va raqslar ijro etildi. Mehmonlarga oʻzbek tilidagi sheʼrlar, milliy qoʻshiq va raqslar namoyish etildi. 

 

Talabalarning chiqishlari tadbir ishtirokchilarida kuchli taassurot qoldirdi. Tadbir soʻnggida talabalarga Bangladesh elchixonasi tomonidan tayyorlangan sovgʻalar taqdim etildi.

2024-02-21 11-46

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi