6-fevral kuni O’zDJTU professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Axmedova Laylo Tolibjonovna tomonidan yosh tadqiqotchilar uchun «13.00.02 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo'yicha eksperimental tadqiqotlarni tashkil etish metodikasi» mavzusida seminar-trening o'tkazildi. 

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchilar qatnashdi.

Dastur davomida mutaxassis tomonidan:
• tadqiqot mavzusining maqsad, vazifalari;
• obyekt va predmeti tushunchalari, tadqiqot metodlari va tadqiqot usullari tasnifi;
• dissertatsiya mavzusining dolzarbligida e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan xususiyatlar; 
• mavzuning yangiliklari, nazariy va amaliy ahamiyati bo’yicha qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi.

2024-02-08 02-33

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi