25-mart kuni O’zDJTU vakillari hamda Ta'lim islohoti bo'yicha Yevropa va Markaziy Osiyo bo'limi boshlig'i, Kembridj universiteti xodimi Steve King o’rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tomonlar o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Steve King malaka oshirish kurslari o'quv rejasi va dasturlari bo'yicha o'z fikrini bildirdi hamda Ingliz tili fakultetlari talabalari uchun 2-3 ta amaliy mashg'ulotlar tashkil qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Uchrashuvda Steve King va Kembridj universiteti vakillari bilan talabalar uchun yuqori sifatli ta'lim materiallari va resurslarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish masalalari ko'rib chiqildi. 

Shuningdek, tomonlar ingliz tili va adabiyoti sohasidagi yangi tendensiyalar hamda o'quv jarayoniga innovatsion yondashuvlar joriy etish bo'yicha fikr almashdi. Yakunda yana qo’shimcha uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.

2024-03-28 04-42

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi