XAYR-U SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA.

Yurtimizda xayr-u saxovat oyi bo‘lmish muborak Ramazon oyida ehtiyojmand, bemor va nogironlar holidan xabar olish, ularni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘ngillarga shod-u xurramlik ulashish tadbirlari faol tashkil etilib kelinmoqda.

26-mart, OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti dekani B.Kulmatov hamda tyutorlar Sh.Kadirova, G.Kadirova, Sh.Abramatova, O.Artikovalar  tashabbusida Chilonzor tumani Koʻtarma MFY raisi bilan suhbat tashkil etilib, ehtiyojmand oila, bemor va yoshi ulug‘ nuroniylar holidan xabar olindi.

Xonadon egalari bu kabi ezgu amallardan mamnun ekanliklari ifodasi yangligʻ elga tinchlik, xalqqa farovonlik, osuda kunlar bardavob bo‘lishini tilab duo qildilar.

2024-03-28 05-00

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi