1-kursga qabul qilingan talabalar uchun hujjatlar ro‘yxati

1-kursga qabul qilingan talabalar uchun hujjatlar ro‘yxati

Hurmatli talabalar!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishning birinchi kunida quyidagi hujjatlarni o‘zlari bilan olib kelishlari lozim:

1. Ipli papka — 1 dona (qog‘oz ko‘rinishdagi).

2. Skrashivatel papka — 1 dona (qog‘oz ko‘rinishdagi).

3. Konvert — 2 dona.

4. Abituriyent ruxsatnomasi.

5. O‘qishga tavsiya etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.

6. Abituriyent qayd varaqasi.

7. Maktab, akademik litsey yoki kollej diplomi/attestati — nusxasi.

2023–2024-o‘quv yillarigacha maktabni tamomlagan abituriyentlar uchun asl nusxasi talab etiladi.

8. Foto — 4 dona (3x4 yoki 3,5x4,5 formatda).

9. Imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning imtiyozini tasdiqlovchi hujjatlari (nogironlik, harbiy tavsiyanoma va boshqa imtiyoz beruvchi hujjatlar) — nusxasi.

Asl nusxasi ham taqdim etiladi.

10. Pasport yoki ID-karta nusxasi — 2 dona.

11. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat — 1 nusxa.

 Abituriyentga qo‘shimcha ball berilishiga asos bo‘lgan sertifikat nusxasi taqdim etiladi.

Eslatma: 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida 1-bosqich talabalari uchun o‘quv jarayonlari 7-sentyabrdan boshlanadi.

Shu munosabat bilan 1-kursga qabul qilingan talabalar o‘qish boshlangandan so‘ng universitetga kelishlari va yuqorida ko‘rsatilgan zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib kelishlari lozim.

Hujjatlarni oldindan tayyorlab, belgilangan tartibda va to‘liq holda taqdim etishingiz so‘raladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube