14-noyabr kuni Xalqaro jurnalistika fakultetida “Xalqaro sotsiologlar kuni”ga bag’ishlangan “Sharq tamaddunida sotsiologiya rivoji” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

 Davra suhbati avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov so’z olib bugungi Yangi O’zbekistonni shakllantirish jarayonida sotsiologiyaning o’rni haqida alohida to’xtalib o’tdi. Bo’lajak sotsiologlarni kasb bayrami bilan muborak etdi.

Tadbirda fakultetning Siyosiy fanlar kafedrasi huzuridagi Sotsiologiya yo’nalishi 1-va 2-bosqich o’zbek va rus guruhi talabalari ishtirok etib ular o’rtasida musobaqa tarzida ochiq darslar tashkil etildi.

Ishtirokchilar bir necha guruhlarga bo’lingan xolda 4 ta shart yuzasidan bellashib, o’z sotsiologik bilimlarini namoyon etdi. Eng yuqori ballni qo’lga kiritgan jamoa hakamlar hay’ati tomonidan g’olib deb topilib faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube